Angliya Liga Kubogi. «Arsenal» «Liverpul»ni musobaqadan chiqarib yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312
Angliya Liga Kubogining 1/8 finalidan o'rin olgan so'nggi bahslar o'tkazildi.
Kunning markaziy uchrashuvi «Liverpul» va «Arsenal» jamoalari o'rtasida kechdi. O'yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi va keyingi bosqich masalasi penaltilar seriyasida hal bo'ldi. Futbol lotereyasida omad londonliklarga kulib boqdi.
Angliya Liga Kubogi
1/8 final bahslari
1 oktyabr, payshanba
«Liverpul» — «Arsenal» 0:0Penaltilar seriyasi: 4:5
«Liverpul»: Adrian, van Deyk (Gomes, 61), Uilyams, Uilyams, Diogu Jota (Veynaldum, 76), Uilson, Minamino, Gruyich, Saloh (Origi, 61), Jons, Milner.
«Arsenal»: Leno, Holding, Kolashinats, Soaresh, Gabriel, Uillok, Sebalos (an-Nenni, 68), Jaka, Saka (Meytlend-Naylz, 86), Pepe, Nketia (Lyakazett, 82).
Ogohlantirishlar: Minamino (15), Jaka (51), Uilson (75), Soaresh (90).