Ahmedov Shomurodovning "Jenoa"ga transferi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 328
O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov «Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodovning «Jenoa»ga o'tishi haqida fikr bildirdi.
"Shomurodov A Seriya kabi chempionatga o'tganidan juda xursandman.
«Jenoa» — ajoyib klub, bu muvaffaqiyat. Men Eldor uchun juda xursandman. U muvaffaqiyatga erishishiga aminman. Unga omad va Italiya chempionatida muvaffaqiyatlar tilayman", dedi Ahmedov.
Ma'lumot uchun, Eldor rostovliklar safida 2017 yildan beri to'p tepib keladi. Mazkur vaqt mobaynida u 91 o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning «Rostov» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Manba: sports.ru
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!