UEFA stadionlarga muxlislar kiritilishiga ruxsat berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 200
UEFA evrokuboklar va milliy jamoalar o'yinlarida stadionlarning 30% o'rindiqlarini muxlislar bilan to'ldirishga ruxsat berdi.
Ijroiya qo'mita bu qarorni 24 sentyabr kuni bo'lib o'tgan UEFA Superkubokdagi («Bavariya» – «Sevilya» 2:1) muvaffaqiyatli sinovdan so'ng qabul qildi.
Tomoshabinlar stadionning maksimal 30% sig'imi bilan cheklanadi va hozircha mehmon jamoa muxlislari o'yingohlarga kiritilmaydi. Shuningdek, tomoshabinlar kirishiga mahalliy hokimiyatlar ruxsat bermasa, UEFA bunga aralashmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!