"A" Seriya. "Inter" "Benevento" o'yinida 7ta gol urildi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 679
Italiya chempionatining 1-turidan o'rin olgan qoldirilgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
«Inter» safarda «Benevento» mehmoni bo'lib yirik hisobda g'alaba qozondi. Milanliklar safida Lukaku dublga erishgan bo'lsa, Hakimi, Galyardini va Martines ham o'z hisoblariga gol yozdirib qo'yishdi. Mezbonlarning javob to'plarini Kaprari kiritdi.
A Seriya, 1-tur, 30 sentyabr
Benevento – Inter 2:5
Gollar: Kaprari (34, 76), – Lukaku (1, 28), Galyardini (25), Hakimi (42), Martines (71).
Benevento – Montipo, Barba (Letitsia, 37), Glik, Majo (Fulon, 46), Kaldirola, Dabo (Hetemay, 70), Skyattarella, Kaprari, Ionitse, Insine (Tuyya, 46), Monchini (Lapadula, 63).
Inter – Handanovich, Hakimi, Kolarov, Shkrinyar, Yang (Perishich, 65), Vidal (Barella, 52), Sensi (Brozovich, 65), Sanches, Galyardini (Eriksen, 81), de Vrey, Lukaku (Martines, 65).