Sarri «A» Seriyaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5839
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Italiya chempionatiga qaytishi mumkin. Bu haqda Corrire dello Sport xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 60 yoshli mutaxassis “Chelsi”ning qoniqarsiz natijala tufayli “arristokratlar” safini tark etishi mumkin.
Sarri “Chelsi”dagi faoliyatini yaxshi boshladi, biroq hozir jamoa APLda 1 pog'onada ketayotgan “Liverpul”dan 14 ochko ortda qolmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, Sarrini “Roma” “A” Seriyaga qaytarishga tayyor. Yaqin vaqtlarda “bo'rilar” jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Eusebio Di Francheskoni iste'foga chiqaradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!