"Arsenal" himoyachisi Bundesligaga yo'l olishga rozi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 300
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Sead Kolashinats faoliyatini Germaniyaning "Bayer" klubida davom ettirishi mumkin.
Germaniya matbuotining xabariga ko'ra, "dorishunoslar" 27 yoshli himoyachining transferi uchun 11 million evro to'lashmoqchi. Ushbu bitim yaqin soatlar ichida rasman e'lon qilinadi.
Kolashinats "kanonirlar" tarkibida 2017 yildan beri o'ynab kelmoqda. U shu vaqt mobaynida 107 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol kiritdi va 15 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!