"Bavariya" "Atletiko" futbolchisini "ilib" ketmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 195
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Toma Lemarga Myunxenning "Bavariya" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Sport Bild nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik tarkibni kuchaytirish niyabida. Lemar esa hujum chizig'ining istalgan nuqtasida o'ynay oladi. Bundan tashqari, Lemar "Bavariya" klubiga tez moslashib ketishi, chunki tarkibda frantsiyalik futbolchilarning ko'pligi aytilmoqda.
Qayd etilishicha, "Bavariya" Lemarni ijaraga olmoqchi, biroq, "Atletiko" rahbariyati frantsiyalik futbolchini sotish niyatida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!