"MYu" "Real" hujumchisini o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 282
Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi Madridning «Real» hujumchisi Luka Yovichni ijaraga olishga yaqin turibdi.
"Mankunianlar" transfer oynasi yopilguniga qadar zudlik bilan o'z saflarini kuchaytirib olish niyatida. Ular Yovichni tajribali hujumchi Edinson Kavanidan ustun qo'yishdi. Chunki, Yovichning maoshi urugvaylik hujumchinikidan ancha kamroq.
Eslatib o'tamiz, Yovich ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun «Real» klubini tark etish niyatida yuribdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!