"Andijon" yana bir futbolchi bilan shartnomani bekor qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193
Mavsum o'rtasida futbolchilar bilan xayrlashish "hadisi"ni olgan "Andijon" yana bir futbolchi bilan shartnomani bekor qilmoqda.
Gap shundaki, shu kungacha "Andijon" futbol klubida rahbariyat almashganidan beri Artyom Litvyakov, Emmanuelt Arivachukvu, Dmitro Zozulya kabi futbolchilar bilan o'zaro shartnoma bekor qilingan edi.
Klubdagilarning bizgacha etkazgan ma'lumotiga qaraganda, mavsum boshida jamoaga olib kelingan hujumchi Timur Usmanov bilan ham shartnomani bekor qilish harakatlari boshlangan.
Timur Usmanov "Andijon" jamoasi tarkibida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 923 daqiqa harakat qildi va raqiblar darvozasiga yo'l topa olmadi. Qolaversa, uch marotaba hakamlar tomonidan ogohlantirildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!