So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Vatani uchun hech narsani ayamaydigan mashhur futbolchilar. (O'rnak olsa arziydi)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1511
Futbolchilarning hayriya ishlarini amalga oshirishi hozirgi kun uchun yangilik bo'lmay qoldi. Ronaldo, Messi, Zidan, Saloh singari futbol qirollarining ezgu ishlari taxsinga sazovor, lekin shunday futbolchilar borki, o'z hayrli ishlarini yashirin amalga oshirishadi va ko'pincha ommaning e'tiboridan chetda qolishni xush ko'rishadi. Bugun ana shunday saxovatli futbolchilar haqida qisqacha…
Mesut O'zil
U karierasi davomida deyarli 50 ga yaqin insonning hayotini saqlab qolishga ulgurgan. Gap shundaki, u juda qimmat turadigan jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirishga qurbi etmaydigan insonlar uchun operatsiya pullarini to'lab bergan. Ayniqsa, Turkiyadagi bolalar salomatligi uchun moddiy yordamini ayamaydi. Mesutning ko'plab hayrli ishlari ko'pincha sirligicha qolib ketadi va shu sababli uning hayriyalari haqida to'liq ma'lumot olishning iloji yo'q. Ozil JCh g'olibligini qo'lga kiritgan yili 23 ta jarrohlik amaliyoti orqali yana 23 ta insonning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.
Maykl Essien
U o'zi tug'ilib o'sgan Avuto Bregu shahri aholisi uchun juda ko'p ezgu ishlarni amalga oshirgan. Uning Gana yoshlari uchun ochgan maktab va shifoxonalari hozir ham faoliyat olib bormoqda. Essien, shuningdek, yosh futbolchilarning huquqlarini himoya qiluvchi markaz ham bunyod etgan. Maykl yurti ravnaqi uchun futbol ortidan yig'gan mablag'ining deyarli 35 %ni Vatani uchun harjlab yuborgan asl vatanparvar. O'rtamiyona futbolchi uchun bu qoyilmaqom natija. Essien o'z shahri aholisining azaliy orzusi bo'lgan ichimlik suvi bilan ularni to'liq ta'minlashga hissa qo'shgan. O'zining saxovatpesha ekanligi haqidagi gap-so'zlarga e'tibor bermaydigan qahramonimiz hozirda Indoneziya chempionatida muvaffaqiyatli to'p surmoqda.
Didee Drogba
Bu futbolchining xalqi uchun qilgan ishlari haqida butun boshli kitob yozsa bo'ladi. Keling, eng muhimlarini keltirib o'tamiz. Didie doimo yurtidan uzoqda faoliyat olib borgan bo'lsada, hech qachon Vatani taqdiriga befarq bo'lmagan. U o'zi tug'ilgan «Fil suyagi o'lkasi» da qurgan maktab va shifoxonalardan hozirda bir vaqtning o'zida 3 million(!) aholi foydalanadi. Eng hayratlanarlisi shundaki, hatto ona yurtida boshlangan fuqorolar urushini to'xtatishga muvaffaq bo'lgan. 2006-yilda o'tkazilgan mundial oldidan qahramonimiz o'z yurtida qariyib 15 kun davomida dushmanlarni yarashtiradi va xalqni birlashtiradi. Uning qahramonligi aks etgan maqola jahonning eng nufuzli nashrlardan biri hisoblangan «TIME» jurnalining muqovasida «Drogba dunyoning eng qudratli 100 ta insonidan biri» nomli sarlavha ostida bosib chiqilariladi.
Bu tugatilgan urush millionlab insonlarning hayotlarini saqlab qolishga sabab bo'lgani taxsinga sazovor. Vatani tinchligi uchun o'limni bo'yniga olib muzokaralarga kirishgan Drogba, darhaqiqat, millat qahramoni desak, adashmagan bo'lamiz.