Alkantaraning maydonga qachon qaytishi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 566
Angliyaning «Liverpul» klubi yarim himoyachisi Tyago Alkantara FIFA kunlari sababli yuzaga keladigan tanaffusdan so'ng maydonga qaytishini jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp Sky Sports nashriga aytib o'tdi.
Tyago «Liverpul»ning yakshanba kungi mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi va APLning 3-tur doirasida «Arsenal» klubiga qarshi o'tkazilgan uchrashuvning qaydonomasiga kiritilmadi. Ispaniyalik futbolchi aynan qanday jarohat bilan safdan chiqqanini Klopp ochiqlamadi.
Kloppning so'zlariga ko'ra, Alkantara 17 oktyabr kuni «Everton» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan derbiga tayyor bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!