A Seriya klubining 14 nafar a'zosi koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 330
Italiyaning «Jenoa» klubi o'zining rasmiy sayti orqali 14 nafar a'zosi koronavirus infektsiyasiga chalinganligini rasman xabar qildi. Bayonotda aytilishicha, ushbu kasallik futbolchi, murabbiy va klubning boshqa xodimlarida aniqlangan.
Endi «Napoli» klubi futbolchi va murabbiylari Kovid-19 uchun test topshirishlariga to'g'ri keladi. Chunki, kuni kecha "Napoli" "Jenoa" klubi bilan o'ynagandi. Yakshanba kuni esa neapolliklar A Seriyaning 3-tur doirasida «Yuventus» klubiga qarshi o'ynashi kerak. Hozircha ushbu bo'lajak uchrashuvning taqdiri so'roq ostida turibdi. Shuningdek, 3 oktyabr kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan «Jenoa» – «Torino» jamoalari o'rtasidagi bahs ham o'tkazilishi mavhumligicha qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!