Gvardiol Bundesliga klubi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198
Bundesliganing "Leyptsig" klubi xorvatiyalik himoyachi Yoshko Gvardiol bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Nemis klubi 18 yoshli futbolchining transferi borasida Zagrebning «Dinamo» klubi bilan kelishuvga erishdi. Ammo himoyachi 2020/21 yilgi mavsumni zagrebliklar safida ijarada o'tkazadi.
U "buqalar" safiga 2021 yil 1 iyuldan qo'shiladi. Uning «Leyptsig» bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!