Joze Mourino ushbu mavsumda musobaqalarning biridan voz kechmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino tig'iz taqvim tufayli joriy mavsumda Angliya liga kubogi musobaqasini qurbon qilmoqchi.
"Men Angliya liga kubogida g'alaba uchun kurashishni istardim. Ammo, buni amalga oshirishimizga ishonchimiz komil emas. Haftaning payshanba kunlari Evropa ligasi doirasidagi o'yinlarda ishtirok etamiz. Agar guruh bosqichiga chiqsak, biz bundan ma'lum summani ishlab olamiz. Ammo APL Evropada bizni muhim o'yin kutib turganini inobatga olmasdan bizning o'rnimizga qaror qabul qildi", - dedi Mourino.
Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" 29 sentyabr kuni Angliya liga kubogining nimchorak final bosqichi doirasida "Chelsi" bilan o'ynaydi. 1 oktyabr kuni esa "shporlar"ni Evropa ligasi pley-off bosqichi doirasida "Makkabi"ga qarshi bahs, 4 oktyabr kuni Angliya chempionati doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi bellashuv kutib turibdi.