Rakitich: «Messi va Suares bilan hech qachon do'st bo'lmaganman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 798
«Sevilya» yarim himoyachisi Ivan Rakitich «Barselona»dagi faoliyati davomida hujumchilar Lionel Messi va Luis Suares bilan do'st bo'lmagani tan oldi.
«Men Messi va Suares bilan hech qachon do'stona munosabatda bo'lmaganman. Jamoada 23-24 o'yinchi bilan do'st bo'lish juda qiyin. Ammo ular 6 yil davomida mening jamoadoshlarim bo'lishgan. Ular bilan hamisha yaxshi munosabatda bo'lganman va ularni hurmat qilaman», — dedi Rakitich.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!