Andrey Kanchelskis: «Derbi — bu doimo derbi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 421
Coca Cola Cuperliga 16-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Andijon” (0:0) uchrashuvidan keyingi namanganliklar ustozi Andrey Kanchelskis o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Derbi bu doimo derbi. Birinchi bo'limda shogirdlarim gol urishganida, o'yin boshqacha kechgan bo'lardi. Biroq yana ikkinchi 45 daqiqalikda gol urdik va ushbu gol inobatga olinmadi. “Surxon”ga qarshi kechgan bahsda ham haqiqiy golni inobatga olishmagandi. To'g'ri, xatolar uchun hakamlarni diskvalifikatsiya qilishadi va bu ish to'g'ri. Lekin shuning oqibatida afsuski, bizga yo'qotilgan ochkolarni hech kim olib bermaydi. Oldingi “Lokomotiv” bilan bo'lgan bahsdan ko'ra, yigitlar bugun yaxshi o'yin namoyish etishdi", - dedi “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis.