So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bugun final. Kimda imkoniyat ko'proq?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7652
Deyarli bir oy mobaynida bizga ajoyib o'yinlarni taqdim etgan turnir bugun o'z yakuniga etadi. Final o'yini oldidan Qatar va Yaponiyaning imkoniyatlari turli joylarda turlicha baholanmoqda. Biz ham o'yin oldidan jamoalarning imkoniyatlarini chamalab ko'ramiz.
Qatar
Kuchli tomoni
Bu turnirda Qatar o'z tarixidagi eng kuchli jamoasi bilan ishtirok etmoqda desak, adashmagan bo'lamiz. Qatar texnik va taktik jihatdan ancha o'sishga erishdi. Ayniqsa, BAA bilan final ostonasidagi o'yinda bu yaqqol ko'rindi.
Qatar Ispancha futbol o'ynamoqda. To'p bilan nazorat, qanotlar orqali markazga kirib borish, mayda paslar, aldamchi hujum va shunga o'xshash bir nechta faktorlar evaziga Qatar Osiyo kubogi finaliga haqli ravishda etib keldi.
Ojiz jihati
Qatar raqibiga nisbatan biroz tajribasizroq. Qatarliklar so'nggi 30 yil ichida bunday katta turnirlarning finalida o'ynamagan. Raqiblaridan farqli o'laroq bu jamoa asosan mahalliy futbolchilardan tashkil topgan. Futbolchilarning tajribasizligi bu uchrashuvda ularga pand berib qo'yishi ham mumkin.
Yaponiya
Kuchli jihati
Yaponiyaning kuchli jihatlari ko'p.«Samuraylar» ning eng havfli jihatlaridan biri ularning raqibga qarab taktika tuzishlaridir. Hajime Mariyasu o'z shogirdlarini turnir davomida hamma o'yinga turlicha uslublarda maydonga tushmoqda. U Ektor Kuperni, Karlos Keyrushni, Pitsi singari hamkasblarini taktika va strategik jangda yaqqol farq bilan engdi va haqli ravishda Yaponiyani finalga olib chiqdi. Hozirda Yaponiya terma jamoasining eng havfli a'zosi deya bemalol ayyor Moriyasuni ko'rsatsak bo'ladi.
Ojiz jihati
Yaponlar bu turnirda ko'p gol o'tkazib yuborishmoqda. Himoyada muammolar bor ekanligini Shomurodovning urgan goli yaqqol isbotlab turibdi.
Jamoalarning imkoniyati
Yaponiyada ham Qatarda ham imkoniyatlar deyarli bir xil. Bugungi uchrashuvda futbolchilarning maydondagi bahsidan ko'ra, murabbiylarning tanlagan taktika va o'yin strategiyasi ko'proq narsani hal qilishi mumkin.
Feliks Sanches agar futbolchilarini bu uchrashuvga ruhan tayyorlay olsa, Qatarda g'oliblik uchun imkoniyat mavjud. Aks xolda «Samuraylar» Qatarni qiyinchiliklarsiz mag'lubiyatga uchratishadi
Yaponiya terma jamoasi xalqaro o'yinlar tajribasi evaziga bu uchrashuvdagi g'alabani ilib ketishi ham hech gap emas. Umumiy qilib aytganda, imkoniyat biroz Yaponiyda ko'proqdek. Vaziyatni 55% - 45% deya baholaymiz.
Bu shunchaki tahlil va taxmin xolos. Aslida kim kuchli ekanligini o'yindan so'ng bilib olamiz. Ikkala terma jamoalarga ham final oldidan omad tilab qolamiz.