«PSJ» futbolchisi shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 626
Frantsiyaning "PSJ" klubi hujumchisi Erik Chupo-Moting shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilganligi haqida Goal portali xabar tarqatmoqda.
Parijliklar 31 yoshli kamerunlik hujumchiga bir yillik shartnoma taklif qilgandi, biroq, Moting bu taklifni rad etdi.
Ayni paytda Chupo-Moting erkin agent sanaladi. Shu oyning oxirida uning «PSJ» bilan tuzgan shartnomasi yakunlanadi. Kamerunlik hujumchi parijliklar safiga 2018 yili kelgan edi. U mana shu davr mobaynida 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol kiritdi va 3 ta golga assistentlik qildi.
O'tgan mavsumda Chupo-Moting EChL doirasida «Atalanta» darvozasiga hal qiluvchi golni kiritib, jamoani yarim finalga yo'l olishiga katta hissa qo'shgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!