Breaking News! «Barselona» yana bir transferni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19386
Kataloniyaning “Barselona” klubi “Atletiko Mineyro” klubining braziliyalik “yangi Dani Alves” deya e'tirof etilayotgan himoyachisi Emersonni sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Kataloniyaliklar futbolchi uchun 12 million evro to'lashdi. Futbolchi “ko'k-anorranglilar” bilan 2024 yilgacha shartnoma imzoladi.
Emerson “Barselona”ga yozda kelib qo'shiladi. Joriy mavsumning yarmini futbolchi “Atletiko Mineyro” safida ijarada o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!