«Atletiko» ijaradagi futbolchisini qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10944
Argentinalik himoyachi “Argentinos Xuniors”safida ijara asosida to'p surayotgan Neuen Peres “Atletiko”ga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
18 yoshli Peres o'tgan yozda 2,5 million evroga “Argentinos Xuniors”dan “Atletiko”ga o'tgan edi. Mavsumning ilk qismini u sobiq jamoasi safida ijarada o'tkazdi va 3 ta o'yinda maydonga tushdi.
Ma'lumot uchun, futbolchi Argentina yoshlar terma jamoasida 6 ta o'yinda qatnashgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!