Oskar: "Haqiqatdan ham Evropaga qaytishni xohlayman, biroq..."
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 603
Londonning «Chelsi» hamda Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi, ayni paytda faoliyatini Xitoyning «Shanxay SIPG» klubida davom ettirayotgan Oskar Evropaga qaytish xohishi borligini bildirdi.
- Men haqiqatdan ham Evropaga qaytishni xohlayman. Biroq, hozir emas. Ayni paytda bu erda o'zimni juda yaxshi his qilyapman, Xitoyda mening shartnomam bor, umid qilamanki, shartnomamni oxirigacha yakuniga etkazib qo'yaman. Evropaga qaytish borasida taklif oldim. Lekin buni hozir amalga oshirish mushkul, Evropa qaytish borasida muammolar bor. Shu sababli, bu erda shartnomamning oxirigacha o'ynamoqchiman va shundan so'nggina Evropaga qaytishni o'ylayman. Albatta, Evropaga qaytish imkoni bo'lsa «Chelsi»ni tanlagan bo'lardim. Lekin, men bolaligimda ko'plab Italiya klublarini kuzatganman, chunki, u erda braziliyalik futbolchilar ko'p edi. Shuning uchun Italiyada menga yoqadigan bir nechta klublar bor, masalan «Inter», «Milan». Agar Evropaga qaytadigan bo'lsam, faqat Italiya chempionatiga yo'l olaman, — Oskarning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Fox Sports Brasil.