So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Chorak asr ichida futbol olamida nimalar o'zgardi?! (Nostalgiya xotiralarni yodga soluvchi maqola)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2259
Siz unutgan, balki sog'ingan xotiralar...
«Kubok egalari kubogi»
UEFA 1960 – yilda ushbu turnirga asos solgan edi. O'z nomidan kelib chiqqan holda bu turnirda har bir davlatdan bittadan vakil ishtirok etar, o'yinlar shiddatli kechardi. Chempionlar ligasidan keyingi o'rinda turuvchi, - deya hisoblanadigan turnirning darajasi va auditoriyasi ChL bilan deyarli bir xil edi. «Kubok egalari kubogi» da hech qaysi jamoa ikkinchi tarkib yoki zahira o'yinchilaridan foydalanmas, kubok uchun ayovsiz kurash ketar edi.
1999 – yilda UEFA bu turnirni to'xtatdi va UEFA kubogini ( Keyinchalik bu turnir formati va nomlanishi Evropa Ligasi deya o'zgartirilgan) yo'lga qo'ydi. Ming afsuski, nomi va formati o'zgargan bu turnir hozirgi kunimizda ChL dan daraja va saviya jihatidan bir bosh emas, bir necha bosh past hisoblanadi. Uzoq muddat futbol muxlislarini ajoyib o'yinlari bilan o'ziga mahliyo qilgan turnir moziyda qolib ketdi
«Oltin gol» va «Kumush gol»
FIFA va UEFA 1993 – yilda futbol uchun yangi loyihani ishlab chiqadi va tadbiq etadi. «Oltin gol» deya atalgan yangilik futbol olamida uzoq qolmagan bo'lsada, o'zidan ayrim jamoalar uchun alamli xotiralar qoldirishga ulgurdi. Mutaxassislar qo'shimchataymlardagi o'yinning shiddatli bo'lishini istab, ushbu loyihani amalga oshirishgan edi. Afsuski jamoalar bu qoidadan cho'chib qo'shimcha taymlarda ikki hissa ehtiyotkorlik bilan harakat qila boshladi va o'yin yanayam zerikarli ko'rinish oldi. 2003 – yilda FIFA va UEFA «Oltin gol» qoidasini «Kumush gol» ga almashtirdi. Afsuski, bu ham o'zinioqlmadi natijada 2004 – yilda butunlay futbol olamidan chiqarib tashlandi.
2000 – yilda o'tkazilgan Evropa chempionati finalidagi Trezige urgan «Oltin gol» futbol tarixida o'sha kunlarda yorqin xotira sifatida qoldi
O'ynovchi murabbiylar
Bunga ishonish qiyin, lekin eng so'nggi o'ynovchi murabbiy APL da «Chelsi» jamoasida bo'lgan ekan. Jonatan Viali 1998 – 1999 –yillar o'tkazilgan mavsumda o'z jamoasida o'ynovchi murabbiy sifatida harakat qilgan. Eng qizig'I, bundan avval bu ishni «Chelsi»da Rud Gullid amalga oshirgan edi.
Gap shundaki, avvalari futbol hozirgi darajada biznes va reklama bilan chambarchas bog'liq sport turi emas edi. Futbolchilar oddiy ishchilar singari maosh olishar, hozirgi hamkasblariga nisbatan odmiroq hayot tarzini o'tkazishar edi. Klublar ham hozirgi darajada moliyaviy qudratga ega bo'lishmagani sabab, murabbiyning maoshini tejab qolish uchun ham o'ynovchi murabbiylarga o'zlari murojaat qilishardi.
Keyinchalik UEFA va FIFA 2000 – yilda murabbiylar uchun Litsenziyani o'ylab toptdi. Mahsus o'quv kurslari ochildi. O'quv kurslarida tahsil olmagan murabbiylar klublarni boshqarishi ma'n qilindi. Shunday qilib, 21 asr boshida o'ynovchi murabbiylar katta futboldan ancha uzoqlashishdi va yodimizdan ham chiqib ketishdi. Hozirda o'ynovchi murabbiylarni faqatgina quyi ligalarda uchratish mumkin.
Bonus
Chekuvchi murabbiylar
UEFA va FIFA bu masalaga 2000 – yilda so'nggi nuqtani qo'ydi va o'yin vaqtida murabbiy va uning shtabiga chekishni ta'qiqlab qo'ydi. Ajablanarlisi, biz tanigan ko'plab mashhur murabbiylar katta stajga ega kashandalar bo'lishiga qaramasdan aynan shu qoidaga «qat'iy» rioya qilib kelishmoqda. Quyida ular kimlar ekanligini bilib olasiz
Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev