So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Nenad Zimonich: «Ishonamanki, yuqori saviyadagi uchrashuvlarni tomosha qilamiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7148
Kecha O'zbekiston hamda Serbiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv oldidan har ikki terma jamoa sardorlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Undan biroz oldin Farrux Do'stov ishtirokidagi matbuot anjumaniga oid tafsilotlar haqida xabar bergandik. Tadbirning ikkinchi qismida mehmonlar sardori Nenad Zimonich OAV xodimlari savollariga javob qaytardi.
Serbiya Jokovichsiz ham g'alaba qozonishga ishonmoqdami?
So'nggi paytlarda asosan Novaksiz o'yin o'tkazyapmiz. Fursatdan foydalanib, uni Avstraliya Ochiq chempionatida g'olib chiqqani bilan tabriklayman.
10 yil oldingi uchrashuv
O'sha o'yinni eslayman. Istomin va Do'stov juftlik bahslarida kortga chiqqandi. O'zbekiston terma jamoasi safida Denis Istominni alohida qayd etib o'tgan bo'lardim. U ajoyib tennischi.
Tashkilotchilik
Toshkentdagi sharoitlar ajoyib. Bu erga oldin ham tashrif buyurganman. O'zbekistonning mehmondo'stligi menga zavq bag'ishlaydi.
Uchrashuv oldidan taxmin
Bu sport. Shuni aniqki, uchrashuvlar keskin va murosasiz bo'ladi. O'zbekiston terma jamoasi tennischilari ayni paytda yaxshi formada. Barchasi o'yin kuni kortda hal bo'ladi. Ishonamanki, yuqori saviyadagi uchrashuvlarni tomosha qilamiz. Yangi format haqidagi fikrim ijobiy. O'yinlarning qisqargani tennischilar uchun yaxshi.
Eslatib o'tamiz, bugun qur'a tashlash marosimi tashkil etiladi. Uchrashuvlar 1-2 fevral kunlari «Sahovat sport servis» («O'zbekiston») sport majmuasida bo'lib o'tadi.