«Chig'atoy» sport majmuasida joylashgan O'FA qoshidagi bolalar futbol maktabida iste'dodlar tarbiyalanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4992
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, "Chig'atoy" sport majmuasida O'FA qoshidagi bolalar futbol maktabi faoliyat yuritayotgan bo'lib, bu erda iste'dodli bolajonlar Zayniddin Tojiev, Hikmat Hoshimov, Eldor Magdeev kabi o'tmishning yulduzlari qo'lostida futbol sir-asrorlarini o'rganishmoqda. Ushbu futbol maktabida 6 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan 300 nafarga yaqin bolajonlar mashg'ulotlar olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan. Jumladan, O'FA tomonidan "FIFA Forward" dasturi asosida mazkur majmuada yangi sun'iy qoplamali maydon barpo qilingan bo'lib, bu maydonda bolajonlar istalgan ob-havo sharoitida mashg'ulot o'tkazishlari va nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishlari mumkin. O'FA tomonidan mazkur futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga ekipirovkalar taqdim qilingan bo'lib, barcha yosh toifasidagi guruhlar mazkur ekipirovkalarda mashg'ulotlar olib borishmoqda. Umid qilib qolamizki, bu erda futbol bilan shug'ullanayotgan yoshlar kelgusida terma jamoalarimiz safida xalqaro maydonlarda Vatanimiz sha'nini munosib himoya qilishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!