PSJ ajoyib natija qayd etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14569
PSJ Frantsiya chempionatining 20-turida "Renn" klubini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, parijliklar klubi Birinchi divizionning ushbu mavsumida urgan gollari sonini 66taga etkazib qo'ydi. Opta`ning yozishicha, hozirga qadar chempionat tarixida hali hech qaysi klub dastlabki 20ta tur ichida bundan ko'p gol ura olmagan.
Xususan, 1959/60 yillar mavsumida Parijning "Rasing" klubi ham 20 o'yinda 66 marta raqib darvozasini ishg'ol etgan. Yakunda bu jamoa mavsum oxiriga qadar 118ta gol urib, 3-o'rin bilan kifoyalangan.
Ma'lumot uchun, PSJ urgan 66ta golning 45tasi uch hujumchiga tegishli: Kilian Mbappe 18ta, Edinson Kavani 14ta, Neymar 13ta gol muallifi bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!