Vardi ilk marta APL to'purariga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 357
Angliya chempionati 2019/20 yilgi mavsumi yakuniga ko'ra musobaqa to'purari aniq bo'ldi.
Hammadan ko'ra "Lester Siti" forvardi Jeymi Vardi ko'proq gol urdi. Vardi 35ta o'yina maydonga tushib, 23ta gol urgan.
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerika Obameyang 36 o'yinda, "Sautgempton" vakili Denni Ingz esa 38 uchrashuvda 22 tadan to'p kiritgani holda to'purarlar poygasida keyingi o'rinlarni egallashdi.
Shuningdek, kuchli beshlikdan "Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling (33ta o'yinda 20ta gol) va "Liverpul" forvardi Muhammad Salohlar (34ta o'yinda 19ta gol) o'rin olgan.
33 yoshli Vardi faoliyati davomida ilk marta APL to'purari bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!