APL. «Arsenal» mavsumni 8-o'rinda yakunladi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 235
Angliya chempionatining so'nggi turi oldidan jadvalda 10-o'rinni egallab turgan «Arsenal», 38-turda «Uotford»ni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi.
"Kanonirlar" birinchi bo'limning o'zidayoq raqib darvozasini 3 marta ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. Per-Emerik Obameyang "dubl"ga erishib, o'z gollarini 22taga etkazdi.
APLda qolish uchun kurash olib borayotgan «Uotford» uchrashuvning qolgan qismida 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ammo ular mag'lubiyatdan qutulib qola olishmadi. Natijada jamoa Chempionshipga tushib ketdi.
«Arsenal» esa «Sheffild» va «Byornli»ning mag'lubiyatga uchraganidan foydalanib, 56 ochko bilan mavsumni 8-o'rinda yakunladi.
Angliya premer-ligasi, 38-tur
Arsenal – Uotford 3:2 (3:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 5, penalti Obameyang, 2:0 – 24 Tirni, 3:0 – 33 Obameyang, 3:1 – 43, penalti Dini, 3:2 – 66 Uelbek.
Arsenal – Martines, Xolding, David Luiz, Tirni, Meytlend-Naylz, Uillok (Kolashinats, 57), Jaka, Sebalos (Torreyra, 72), Pepe (Nelson, 72), Obameyang, Lyakazett (Nketia, 57).
Uotford – Foster, Kabasele, Femeniya (Mariappa, 45), Mazina, Douson, Dukure (Kleverli, 81), Xyuz (Chaloba, 81), Pereyra (Joao Pedro, 88), Sarr, Dini, Uelbek.
Ogohlantirishlar: Pereyra (35), Jaka (45), Xyuz (45), Douson (51), Xolding (72), Martines (74).