APL. "Tottenxem" Evropa ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 276
Angliya chempionatining 38-turidan o'rin olgan "Kristal Pelas" va "Tottenxem" o'rtasidagi o'yin yakunlandi. "Tottenxem" London derbisida "Kristal Pelas" mehmoni bo'lib, durang qayd etdi. Keynning goliga mezbonlardan Shlupp javob berdi.
Shu tariqa, Mourino jamoasi keyingi mavsumda Evropa ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
Kristal Pelas – Tottenhem 1:1
Gollar: Shlupp (53) – Keyn (13).
Kristal Pelas: Guaita, Uord, Mitchell, Denn, Shlupp (Milivoevich, 85), Makkarti, Kuyate, Taunsend, Makartur (Ridevald, 70), Zaa, Ayyu.
Tottenhem: Loris, Devis, Ore, Alderveyreld, Dayer, Uinks, Lukas Moura (Sanches, 90+3), Sissoko (Skipp, 80), Lo Chelso (Bergveyn, 60), Son Hyon Min (Alli, 80), Keyn.
Ogohlantirishlar: Makkarti (17), Mitchell (49), Alderveyreld (61), Kuyate (75), Dayer (90+1).
Manba: www.stadion.uz.