«Atletiko» etakchilaridan biri EChL chorak finalini o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 283
"Atletiko" yarim himoyachisi Tomas Partey Evropa chempionlar ligasining chorak final bosqichi doirasida "RB Leyptsig"ga qarshi o'yinda ishtirok etmasligi mumkin.
"AS" nashri xabar tarqatishicha, ganalik futbolchi mushagida yuz bergan kichik uzilish tufayli taxminan 3 hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Shu bois, 27 yoshli o'yinchi 13 avgust kuni bo'ladigan EChL chorak final bahsigacha tiklanishga ulgurmasligi mumkin.
Partey joriy mavsumda "Atletiko" safida barcha musobaqalar doirasida 46ta o'yinda maydonga tushdi hamda 4ta gol urib, bitta golga uzatma berdi. Uning madridliklarbilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!