O'zil Turkiya grandi taklifini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 240
«Arsenal» klubi yarim himoyachisi Mesut O'zil faoliyatini Turkiyada davom ettirish taklifini rad etdi. Bu haqda Bild xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, asli turk bo'lgan germaniyalik 31 yoshli futbolchining xizmatlariga «Fenerbahche» qiziqish bildirgan. Klub O'zilga taklif bilan chiqqan, biroq yarim himoyachi bu taklifni rad etgan. Xavbekning 2021 yilning yozigacha, ya'ni shartnomasi yakuniga etguniga qadar «Arsenal»da qolmoqchi ekanligi ta'kidlanmoqda.
Ma'lumot o'rnida, O'zil 2013 yildan beri «Arsenal» sharafini himoya qilib keladi. APLning 2019/20 yilgi mavsumida Mesutning hisobida 18 ta o'yin, 1 ta gol va 2 ta assist bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!