Rasman: "Borussiya" "Leyptsig" futbolchisini ijaraga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 217
Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachi Xannes Volfni ijaraga olganini ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun, Xannes o'tgan mavsumda "Zaltsburg"dan "RB Leyptsig"ga ko'chib o'tgan edi, biroq og'ir jarohat sababli asosiy tarkibga kira olmadi. Volf yangi jamoasida 11 raqam ostida harakat qiladi.
Volf "Borussiya"da sobiq ustozi Marko Roze qo'l ostida harakat qiladi. Avval ular birga Avstriyada ishlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!