Karatechilarimiz onlayn mashg'ulotda ishtirok etishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 295
Rejaga muvofiq bugun karate bo'yicha O'zbekiston Milliy terma jamoasi vakillari bilan onlayn mashg'ulot o'tkazildi. Kecha Respublikamizning turli hududlaridagi yosh sportchi va murabbiylar uchun mahorat saboqlarini olib borgan eronlik Shahab Sultani bugun asosiy terma jamoamiz bilan ishladi. Jarayonni MOQ va O'zbekiston karate WKF milliy federatsiyasi vakillari kuzatib borishdi.
Mashqlar davomida eronlik mutaxassis shartli raqibga qarshi harakat qilish, uy sharoitida shug'ullanish payti texnikani saqlab turadigan mashqlar va albatta, jismoniy tayyorgarlik jihatlariga alohida e'tibor qaratdi. Mashg'ulotda Milliy terma jamoaga a'zo 6 nafar sportchi ishtirok etdi.
Manba: olympic.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!