21 yoshli Donnarumma «Milan» safida 200-o'yinda maydonga tushadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 392
«Milan» darvozaboni Janluidji Donnarumma Italiya chempionatining 35-turi doirasida bo'ladigan «Sassuolo»ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydigan bo'ldi. 21 yoshli posbon uchun bu "rossoneri" tarkibidagi 200-uchrashuv bo'ladi.
Donnarumma 2015 yilning 15 oktyabr kuni «Sassuolo»ga qarshi A seriya bahsi bilan "Milan" safida debyut qilgan edi. O'sha o'yinda milanliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan bo'lsa, Janluidji Italiya chempionatida ishtirok etgan eng yosh darvozabonga (16 yoshu 242 kunlik) aylangan edi.
Donnarumma 199ta o'yinda 208ta gol o'tkazgan bo'lsa, 72ta o'yinda o'z darvozasidan to'p olib chiqmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!