APL. «Manchester Siti» yirik hisobda g'alaba qozondi, Sterling dublga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 388
50Angliya chempionatining 37-turi doirasida «Manchester Siti» klubi mehmonda «Bornmut» mehmoni bo'lib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
Mezbonlar yarim soat davomida "shaharliklar"ga qarshilik ko'rsatishdi. 31-daqiqada Sterling hisobni ochgan bo'lsa, oradan 9 daqiqa o'tib u penalti ishladi. Rahim tomonidan yo'llangan kuchli zarbani darvozabon qaytardi. Qaytgan to'pni esa angliyalik futbolchining o'z darvozaga joylab qo'ydi.
Ikkinchi bo'lim o'rtalarida manchesterliklar raqib darvozasiga yana 2ta to'p kiritishdi. Sterling yakkama-yakka vaziyatga chiqib zarba yo'lladi, to'p esa darvozabonning oyog'idan Fodenga borib tushdi. Filip bo'sh darvozani ishg'ol qildi. Oradan 3 daqiqa o'tib qanotdan etkazilgan uzatmani Emerik Laport bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.
Ushbu g'alabadan keyin "Manchester Siti" o'z ochkolarini 78taga etkazib oldi.
Angliya chempionati, 37-tur
Uotford – Manchester Siti 0:4 (0:2)
Gollar: 0:1 – 31 Sterling, 0:2 – 40 Sterling, 0:3 – 63 Foden, 0:4 – 66 Laport.
Uotford – Foster, Kabasele, Douson, Mariappa, Femeniya, Pereyra (Mazina, 87), Kleverli, Xyuz, Dukure (Chaloba, 82), Sarr, Dini (Uelbek, 67).
Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Uoker (Zinchenko, 64), Laport (Stounz, 74), Erik Garsiya, Rodri Ernandes, Bernardu Silva, Foden, de Bryuyne, Sterling (Marez, 64), Gabriel Jezus.
Ogohlantirishlar: Mariappa (80), Xyuz (90).