Obameyang faoliyatini «Barselona»da davom ettirishni istamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 432
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang yozda boshqa jamoaga o'tishni istamoqda.
"Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko'ra, gabonlik futbolchi o'zi oldiga "Barselona"ga o'tishni maqsad qilib qo'ygan. Obameyangga "ko'k-anorranglilar"ning o'yini yoqadi hamda u mazkur jamoa safida yuqori natijalarga erishishiga ishonmoqda. Uning "kanonirlar" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.
"Barselona" ham hujumchiga qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar Lautaro Martinesni qo'lga kirita olishmasa, e'tiborni Obameyangga qaratishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!