«Atalanta» Sapatani «Yuventus»ga sotmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 234
«Atalanta» klubi «Yuventus» tomonidan Duvan Sapataning transferi borasida berilgan taklifga rad javobini berdi.
"Calciomercato" tarqatgan xabarga ko'ra, «Yuventus» bir necha kun avval futbolchi uchun 30 mln evro va darvozabon Mattia Perinni taklif qilgan edi. Ammo ushbu taklif bergamoliklarga ma'qul kelmadi. «Atalanta» 29 yoshli kolumbiyalik futbolchini 50 mln evroga sotishmoqchi.
Sapata 2018 yilning yozida «Sampdoriya»dan «Atalanta»ga o'tgan edi. U joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 28ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol urdi va 7ta golga pas berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!