Ronaldu: «Shaxsiy rekordlar doim muhim, biroq ...»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 370
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "A" Seriyaning 34-turidan o'rin "Latsio"ga (2:1) qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Mavsumni zo'r o'tkazgan jamoaga qarshi qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Juda xursandmiz.
Shaxsiy rekordlar doim muhim, biroq asosiysi jamoa g'alaba qozondi. Biz ajoyib jamoamiz, bugun buni yana bir isbotladik. Doim o'yinimizni yaxshilashni va darajamizni yuqoriga ko'tarishni xohlaymiz", -dedi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, 35 yoshli hujumchi "burgutlar"ga qarshi o'yinda dublga erishdi va "A" Seriya tarixida 50ta gol uchun eng kam o'yin sarflagan futbolchiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!