Ronaldu — A seriya, La liga va APLda bunday natija qayd etgan ilk futbolchi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 665
Italiya chempionatining 34-turi doirasida «Yuventus» o'z uyida «Latsio»ni qabul qilib, g'alaba qozondi. Turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu mazkur bahsda ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Portugaliyalik futbolchining A seriyadagi jami gollari soni 51taga etdi. Natijada u Italiya, Ispaniya va Angliya chempionatlarida kamida 50ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
Krishtianu «Manchester Yunayted» safida APL doirasida 196ta o'yinda 84ta gol urgan bo'lsa, «Real» tarkibida La liga doirasida 292ta bahsda 311ta gol muallifiga aylangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!