APL. «Vulverxempton» 6-o'ringa qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 505
Angliya chempionatining 37-turi doirasida «Vulverxempton» o'z uyida «Kristal Pelas»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Bahsning 41-daqiqasida Daniel Podense hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Xonni Kastro farqni 2taga oshirdi.
Natijada "bo'rilar" o'z ochkolarini 59taga etkazib, jadvalda Evropa ligasi yo'llanmasini beruvchi 6-o'ringa qaytdi. «Tottenxem» esa 7-o'ringa tushib qoldi. So'nggi turda "shporlar" «Kristal Pelas» mehmoni bo'lsa, «Vulverxempton» «Chelsi» maydoniga safar uyushtiradi. Mazkur uchrashuvlar Evropa ligasida ishtirok etadigan jamoa nomiga oydinlik kiritib beradi.
Angliya premer-ligasi, 37-tur
Vulverxempton – Kristal Pelas 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 41 Podense, 2:0 – 68 Kastro.
Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Doerti, Boli, Koudi, Kastro, Moutinyu, Dendonker, Podense (Diogu Jota, 72), Ruben Nevesh, Traore (Netu, 81), Ximenes.
Kristal Pelas – Guaita, Mitchell, Denn, Sako (Kuyate, 23), Uord, Taunsend, Shlupp (Ridevald, 73), Makartur, Makkarti, Zaa, Ayyu.
Ogohlantirishlar: Makkarti (64), Koudi (65), Traore (78).