«Leganes» bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 243
«Leganes» klubi bosh murabbiy Xaver Agirre bilan kelishuvni bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
«Leganes» La liganing so'nggi turida "Real" bilan o'z uyida durang (2:2) o'ynab, Segundaga tushib ketdi. Jamoa "Qirollik klubi"ni mag'lub eta olganida, La ligada jon saqlab qolar edi.
Shu bois, klub meksikalik murabbiy bilan shartnomani bekor qilishga qaror qildi.
«Klub Xaver Agirre va uning murabbiylar shtabi minnatdorchilik bildiradi», — deyiladi bayonotda.
Xaver Agirre 2019 yilning noyabr oyida «Leganes» bosh murabbiyiga aylangan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!