«Sevilya» Susoni «Milan»dan sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210
«Sevilya» klubi «Milan» yarim himoyachisi Susoning transfer huquqini to'liq sotib oldi. Bu haqda andalusiyaliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.
26 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolandi. Kelishuvga ko'ra, «Sevilya» Evropa chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritgani uchun Susoning transferini sotib olish majburiyatini olar edi. Transfer summasi — 24 mln evroga teng bo'ldi.
Suso yanvar oyida ijara asosida «Sevilya» safiga qo'shilgan edi. Ispaniyalik futbolchi mavsum oxiriga qadar 19ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.
Suson «Milan» safida jami 153ta o'yinda ishtirok etib, 24ta gol urgan va 36ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!