"Chelsi" tez orada super transferni e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 693
"Bayer" yarim himoyachisi Kay Xaverts "Chelsi"ga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda The Athletic nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "arristokratlar" futbolchining o'zi bilan shaxsiy shartnomasi masalasida kelishuvga erishgan. Kayning "Chelsi" safiga o'tishi "aristokratlar"ga 80 million evro atrofida tushishi taxmin qilinmoqda.
Eslatib o'tamiz, Xaverts joriy mavsumda klubi safida umumiy 43 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 17ta gol va 9ta golli uzatma yozib qo'ygan.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!