Ramos klublardagi faoliyatida 100-golini urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 585
«Real» himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya La ligasining so'nggi turi doirasida «Leganes»ga qarshi o'yinda (2:2) gol urishga muvaffaq bo'ldi.
34 yoshli futbolchi uchun bu gol klublardagi faoliyatida davomidagi 100-gol bo'ldi. U "Real" safida 97ta, "Sevilya" safida 3ta gol urgan.
Uning musobaqalar kesimida urgan gollari quyidagicha ko'rinishda bo'ldi:
La liga — 72;
Ispaniya kubogi — 7;
Evropa chempionlar ligasi — 13;
Ispaniya superkubogi — 2;
Evropa superkubogi — 2;
Klublar o'rtasidagi jahon chempionati — 3.
Shuningdek, Ramos Ispaniya terma jamoasi safida 21ta golga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!