Unai Emeri «Vilyarreal» bosh murabbiyiga aylanishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408
«PSJ», «Sevilya» klublari sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri, katta ehtimol bilan, «Vilyarreal»ni boshqaradi.
Ispaniyalik mutaxassis «sariq suvosti kemasi» bilan kelishuvga erishdi, deya xabar tarqatdi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, klub La ligada 5-o'rinni egallab, Evropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritganiga qaramay, «Vilyarreal»ning hozirgi bosh murabbiyi Xaver Kalexa jamoani tark etadi.
Emerining so'nggi ish joyi «Arsenal» bo'lgan edi. U o'tgan yilning noyabr oyida iste'foga chiqarilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!