Boliviya futbol federatsiyasi prezidenti koronavirusdan vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 449
46Boliviya futbol federatsiyasi prezidenti Sesar Luis Salinas 19 iyul kuni koronavirus keltirib chiqargan kasalliklar oqibatida vafot etdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar tarqatdi.
58 yoshli Salinas 9 iyul kuni kasallik kuchayib ketishi oqibatida Boliviya poytaxti La-Pas shahridagi shifoxonaga tushib qolgan edi. Ikki kundan keyin topshirilgan test uning COVID-19ga chalinganini tasdiqladi. Uning ahvoli yanada og'irlashgani uchun sun'iy nafas berish uskunasiga ulangan edi.
Salinasning xotinida ham koronavirus aniqlangan, ammo undagi kasallik simptomsiz kechmoqda.
Sesar Luis Salinas vafot etishi munosabati bilan KONMEBOL tashkiloti va Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Klaudio Tapiya ta'ziya izhor qildi.