Jasur Yaxshiboevning transfer huquqiga kimga tegishli?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 316
O'zbekistonlik hujumchi Jasur Yaxshiboev yaqinda «Energetik-BGU»dan «Shaxtyor» safiga o'tganidan xabaringiz bor. Ma'lumotlarga qaraganda, soligorskliklar futbolchining subijarasi uchun pul to'lashmagan.
«Shaxtyor» Yaxshiboevning transferini to'liq sotib olish uchun «Paxtakor» bilan emas, uning agentlari bilan muzokara olib borishiga to'g'ri keladi. Boisi, Tribuna.com tarqatgan xabarga ko'ra, Jasurning agentlari futbolchining transferini "sherlar"dan sotib olishgan.
Ma'lumotlarga qaraganda, ayni paytda o'zbekistonlik futbolchini sotib olish uchun "Shaxtyor"da pul yo'q. Jamoa o'z hujumchisi Vitaliy Lisakovichni Rossiya premer-ligasiga transfer qilsa, tushgan pulga Yaxshiboevning huquqini sotib oladi.
Jasur Yaxshiboev Belarus chempionatining joriy mavsumida 10ta gol urib, to'purarlar bahsida peshqadamlik qilmoqda.