«Arsenal» Angliya kubogi finaliga chiqish bo'yicha rekord o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 548
Angliya kubogi yarim finalida «Arsenal» klubi «Manchester Siti» ustidan g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Shu tariqa, "kanonirlar" o'z tarixlarida 21-marta Angliya kubogi finaliga chiqishdi. Bu esa rekord natija hisoblanadi. Bugun «Manchester Yunayted» yarim final bosqichida «Chelsi»ni mag'lub etsa, "Arsenal"ning rekordini takrorlaydi.
Ma'lumot o'rnida. «Arsenal» Angliya kubogidagi sovrinlar soni bo'yicha ham rekordchi hisoblanadi. Jamoa 13 marta mazkur sovringa ega chiqqan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!