Matteys de Ligt jarrohlik stoliga yotishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 251
«Yuventus» himoyachisi Matteys de Ligt jarrohlik stoliga yotishi mumkin. "Corriere di Torino" tarqatgan xabarga ko'ra, niderlandiyalik futbolchini noyabr oyidan buyon elkasi bilan bog'liq muammo bezovta qilib kelmoqda.
Agar 21 yoshli o'yinchi xirurgning xizmatidan foydalanishiga to'g'ri kelsa, kelasi mavsum boshiga qadar safdan chiqishi mumkin. Hozirda klub va futbolchi bir qarorga kelishlari kerak. «Yuventus»ni A seriya va Chempionlar ligasining muhim o'yinlari kutib turibdi.
Matteys de Ligt joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 35ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!