«Ueska» La ligaga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 227
«Ueska» klubi Segundaning navbatdagi turida «Numansiya» ustidan 3:0 hisobida g'alaba qozondi hamda La liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Jamoa mavsum tugashiga bir tur qolganida 67 ochko to'pladi va 3-o'rindagi "Almeriya"dan 4 ochkoga ilgarilab ketdi. Avvalroq "Kadis" klubi Segundada 1-o'rin bilan La ligaga chiqqan edi.
«Ueska» o'z tarixi davomida ilk va so'nggi marta 2018/19 mavsumda yuqori divizionda ishtirok etgan edi.
Uchinchi yo'llanma Segundada 3-6-o'rinni egallagan jamoalar o'rtasida pley-off formatida aniqlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!