O'rtoqlik o'yini. «PSJ» Belgiya klubiga 7ta gol urdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 380
«PSJ» Belgiyaning «Vasland-Beveren» klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib, 7:0 hisobida g'alaba qozondi.
Birinchi bo'limda parijliklar dastlab avtogol evaziga hisobni ochishgan bo'lsa, 28-daqiqada Neymar penaltidan farqni ikkitaga oshirdi.
Ikkinchi bo'limda Mauro Ikardi, Kilian Mbappe va Loik Mbe So bittadan, Erik Maksim Shupo-Moting esa ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Ma'lumot o'rnida. «Vasland-Beveren» klubi Belgiya chempionatining joriy mavsumi yakuniga ko'ra quyi divizionga tushib ketdi. Avvalroq «PSJ» «Gavr» ustidan 9:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!